» » Farg‘onada yuz bergan YTHda ikki nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi

Farg‘onada yuz bergan YTHda ikki nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi


Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida sodir bo‘lgan YTHda ikki nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi. Bu haqda “Postda.uz” xabar berdi.

Qayd etilishicha, hodisa 4-noyabr kuni sodir bo‘lgan. Bag‘dod tumanida yashovchi D.V. o‘zing Tiko avtomashinasida ikki farzandi bilan ketayotgan bo‘lgan. U A-373 yo‘lining 54-kilometrida asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan Andijon viloyati Buloqboshi tumanida yashovchi D.M. boshqaruvidagi Nexia avtomashinasiga yo‘l bermasdan, yo‘liga chiqib ketishi oqibatida to‘qnashuv sodir bo‘lgan

Natijada Tiko haydovchisi boshqaruvni eplay olmay, shu yerdan oqib o‘tuvchi zovurga tushib ketgan. Oqibatda Tiko’da bo‘lgan haydovchi D.V.ning 7-sinfda o‘qiydigan qizi I.V. voqea joyida vafot etgan. Yana bir qizi, 2-sinf o‘quvchisi R.V. esa shifoxonaga keltirilganida hayotdan ko‘z yumgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-11-2019, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют