» » Zangiotada Lacetti yukxonasidan 830 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari topildi

Zangiotada Lacetti yukxonasidan 830 mln so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari topildi


Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Zangiota tumanida sifati kafolatlanmagan dori vositalarining aylanmasiga chek qo‘ydi, deb xabar beradi Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati.

Toshkent viloyati Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Zangiota tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.I. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashina belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazilgan.

Natijada avtomashina yukxonasida fuqaro S.D.ga tegishli bo‘lgan, hech qanday hujjatlarsiz, xorijda ishlab chiqarilgan umumiy qiymati 830,5 million so‘mlik jami 5935 dona dori vositalari hamda bir qancha tibbiyot anjomlari borligi aniqlandi.

Tadbir davomida fuqaro T.A. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtoulov ham belgilangan tartibda xolislar ishtirokida tekshirilgan.

Tekshiruv davomida avtomashinada fuqaro M.B.ga tegishli bo‘lgan umumiy qiymati 893,5 million so‘mlik, 6029 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi ma’lum bo‘ldi.

O‘tkazilgan tadbir davomida umumiy qiymati 1 milliard 724 million so‘mlik dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Mavzuga doir: Xorijdan O‘zbekistonga yuborilgan pochta jo‘natmalari ichidan marixuana urug‘i va psixotrop moddalar topildi

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2019, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют