» » G‘uzor tumani hokimi saylovga tayyorgarlikda ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘ygani bois hayfsan oldi

G‘uzor tumani hokimi saylovga tayyorgarlikda ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘ygani bois hayfsan oldi


G‘uzor tumani hokimi faoliyatidagi ayrim kamchiliklar bois, hayfsan oldi. Qashqadaryo viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i ishdan olindi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.

Hokimlik axborot xizmatining aytishicha, bu haqda 11-noyabr, dushanba kungi apparat yig‘ilishida ma’lum qilingan.

“Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshev hokimga hayfsan berilishiga sabab bo‘lgan ayrim kamchiliklar nimadan iboratligi bilan qiziqdi.

— Kecha viloyat hokimi tuman markazidagi kollejlarning birida joylashgan saylov okrugida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, ko‘ngli to‘lmadi va e’tiroz bildirdi, — deydi G‘uzor tumani hokimligi axborot xizmati rahbari Xudoyberdi Yo‘ldoshev. – Bilishimizcha, sabab shu.

Viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov ham tuman hokimligi axborot xizmati taxminini tasdiqlab, Sa’dulla Boboqulov saylovga tayyorgarlik ko‘rishda ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yganini qo‘shimcha qildi.

— Viloyat hokimi bir hafta ilgari G‘uzor tumanida bo‘lganda saylovga tayyorgarlik ishlari qoniqarsiz darajada ekanligini aytgandi, — deydi Ahror Sodiqov. – Va tuman hokimiga kamchiliklarni bartaraf etish topshirig‘ini berdi. Kecha yana hududga borganda, kamchiliklar bartaraf etilmagani, hokim bir hafta ilgari bergan topshiriq hokim tashrifi oldi bajarishga kirishilgani — Zoir Mirzayevning shunday qaror berishiga sabab bo‘ldi.

Sa’dulla Boboqulov Zoir Mirzayev viloyatda faoliyat boshlaganidan buyon hayfsan olgan birinchi hokim bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-11-2019, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют