» » Davlat test markazi xodimlarining maoshi ikki yarim baravarga oshishi kutilmoqda

Davlat test markazi xodimlarining maoshi ikki yarim baravarga oshishi kutilmoqda


Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi “Test tizimini takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Qarorga ko‘ra, testologiya va pedagogik o‘lchovlar, chet tilidan malaka oshirish kurslarini tashkil etish hamda sohada yetakchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, Markaziy Osiyoda testologiya bo‘yicha mintaqaviy ilmiy maktab yaratish maqsadida DTM qoshida “Ilmiy-o‘quv amaliy markaz” davlat unitar korxonasi tashkil etiladi.

Quyidagilar ilmiy-o‘quv amaliy markazining asosiy vazifalari etib belgilanadi:

Ilmiy-o‘quv amaliy markaz faoliyati shartnoma bo‘yicha jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlar ko‘rsatishdan tushgan mablag‘lar hisobiga hamda zarurat bo‘lganda DTMning rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Respublika hududlarida test sinovlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan katta sig‘imli bino va inshootlarni qurish uchun DTM huzurida “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi tashkil etiladi.

Injiniring kompaniyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

DTM O‘zbekiston Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda ilmiy-o‘quv amaliy markaz va injiniring kompaniyasi tashkiliy tuzilmalarini tasdiqlanadi, xodimlarning cheklangan soni, mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi belgilanadi.

Bunda DTM direktoriga, zarur hollarda, tuzilmalarga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi beriladi.

Mavzuga doir: Davlat test markazining qator vakolatlari olib qo‘yildi

Shuningdek, DTM hamda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2020-yil 1-yanvardan boshlab yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra, DTM boshqaruv xodimlari lavozim maoshlarini aniqlashda tarif koeffitsiyentlarini ikki yarim baravar miqdorida qo‘llash hamda bu bilan bog‘liq qo‘shimcha xarajatlarni DTM huzuridagi DTM faoliyatini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplash to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-11-2019, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют