» » O‘zbekistonda “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri tayyorlandi

O‘zbekistonda “Xalqaro shartnomalar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri tayyorlandi


O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonunning loyihasi (yangi tahriri) tayyorlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hujjat 2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq tayyorlangan bo‘lib, O‘zbekiston normativ-huquqiy hujjatlarining muhokamasi tizimiga joylashtirilgan.

Mazkur hujjat loyihasiga yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘yicha taqqoslash jadvali ilova qilingan.

Loyiha matni Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida e’lon qilindi. Loyiha yuzasidan taklif va mulohazalarni “Regulation.gov.uz” veb-sahifasida qoldirish mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-04-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 16) ( 0) ( 14) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют