» » Samarqandda homilador xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan er o‘z joniga qasd qildi

Samarqandda homilador xotinini bo‘g‘ib o‘ldirgan er o‘z joniga qasd qildi


Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida er o‘zaro janjal natijasida avval turmush o‘rtog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

12-noyabr kuni soat 00:10 larda Oqdaryo tumani “Boshdarxon” mahallasida yashagan 23 yoshli H.T. 25 yoshli turmush o‘rtog‘i D.V. bilan janjallashib, uni qo‘llari bilan bo‘g‘ib o‘ldirgan. So‘ng uyida arqon bilan o‘zini osib, joniga qasd qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Oqdaryo tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “b” bandi (Homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolni qasddan o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir: Samarqandda 45 yoshli ayol janjal tufayli turmush o‘rtog‘ini pichoqlab o‘ldirdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-11-2019, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют