» » Qamchiq dovonida Isuzu yo‘l chetidagi chuqurga tushib ketdi. Haydovchi va yo‘lovchi jarohatlandi (foto)

Qamchiq dovonida Isuzu yo‘l chetidagi chuqurga tushib ketdi. Haydovchi va yo‘lovchi jarohatlandi (foto)


Qamchiq dovonida Isuzu yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 16-noyabr kuni soat 11:40 da “Qamchiq” navbatchilik maskani navbatchi dispetcheriga, Buxoro viloyati Kogon tumanida tug‘ilgan, R. Sh. boshqaruvidagi Isuzu rusumli yuk mashinasi A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 248 kilometrida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi handaqqa (kyuvetga) tushib ketganligi to‘g‘risidagi ma’lumot kelgan.

Buning oqibatida Isuzu yuk mashinasi ag‘darilib ketib mashina haydovchisi va yo‘lovchisiga o‘rta darajadagi tan jarohati yetgan.

Mazkur murojaat yuzasidan, voqea joyiga “Rezak” navbatchilik maskani guruh komandiri katta serjant A.Ergashev boshchiligida qutqaruv guruhi tezkorlik bilan yetib borgan.

Qutqaruvchilar tomonidan Isuzu yuk mashinasi haydovchisi va yo‘lovchisi mashina ichidan chiqarib olinib, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shundan so‘ng, jabrlanganlar Pop tuman markaziy shifoxonasiga yetkazilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-11-2019, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 69) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют