» » 6 ta hududiy davlat soliq inspeksiyasiga yangi rahbarlar tayinlandi

6 ta hududiy davlat soliq inspeksiyasiga yangi rahbarlar tayinlandi


Davlat soliq qo‘mitasining tegishli buyrug‘iga asosan 6 ta hududiy davlat soliq inspeksiyalariga yangi rahbarlar tayinlandi, deb xabar beradi qo‘mita matbuot xizmati.

Husniddin Umurov Jizzax viloyati Arnasoy tumani DSI boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Husniddin Umurov 1979-yilda Jizzax viloyati Forish tumanida tug‘ilgan. 2006-yili Jizzax politexnika institutini tamomlagan. Soliq tizimidagi faoliyatini 2001-yilda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Axborot-maslahat markazida mutaxassislikdan boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani DSI boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

Nosirjon Maqsudov Farg‘ona viloyati Quva tumani DSI boshlig‘i etib tayinlandi.

Nosirjon Maqsudov 1984-yilda Farg‘ona viloyati Quva shahrida tug‘ilgan. 2007-yili Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. Soliq tizimidagi faoliyatini 2007-yilda Farg‘ona viloyati Quva tumani DSIda davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Yangi lavozimda faoliyat boshlaguniga qadar Farg‘ona viloyati Quva tumani DSI boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida faoliyat ko‘rsatgan.

Muhiddinjon Turdiqulov Qo‘qon shahar DSI boshlig‘i etib tayinlandi

Muhiddinjon Turdiqulov 1965-yilda Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida tug‘ilgan. 1988-yili Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Soliq tizimidagi faoliyatini 1995-yilda Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar DSI davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Yangi lavozimda ish boshlagunga qadar Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar Moliya bo‘limi mudiri sifatida ishlab kelgan.

To‘lqin Toshtemirov Farg‘ona shahar DSI boshlig‘i etib tayinlandi.

To‘lqin Toshtemirov 1984-yilda Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanida tug‘ilgan. 2006-yili Toshkent moliya institutini, 2013-yili O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan. Soliq tizimidagi faoliyatini 2007-yilda Farg‘ona shahar DSI inspektori lavozimida boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari vazifasida ishlagan.

O‘tkirjon Saribayev Sirdaryo viloyati Boyovut tumani DSI boshlig‘i etib tayinlandi.

O‘tkirjon Saribayev 1983-yilda Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida tug‘ilgan. 2005-yili Guliston davlat universitetini, 2009-yili O‘zbekiston Milliy universitetini, 2016-yili Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. Soliq tizimidagi faoliyatini Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimida boshlagan. Yangi lavozimda ish boshlaguniga qadar Sirdaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlagan.

Ravshanbek Ro‘ziboyev Toshkent viloyati Parkent tumani DSI boshlig‘i etib tayinlandi.

Ravshanbek Ro‘ziboyev 1983-yilda Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida tug‘ilgan. 2009-yili Soliq akademiyasini tamomlagan. Soliq tizimidagi faoliyatini 2004-yilda Xorazm viloyati Gurlan tumani DSI davlat soliq inspektori vazifasida boshlagan. Yangi lavozimga tayinlangunga qadar Toshkent viloyati Parkent tumani DSI boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchisi bo‘lib faoliyat yuritgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-11-2019, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют