» » Toshkentda MDH tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi bo‘ladi

Toshkentda MDH tashqi ishlar vazirlari kengashi majlisi bo‘ladi


Toshkent shahrida 7-aprel kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi, deb xabar beradi O‘zA.

Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Anvar Nosirov mazkur kengash majlisida Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston tashqi ishlar vazirlari, Moldova, Ozarbayjon va Turkmanistondan tashqi ishlar vaziri o‘rinbosarlari ishtirok etishini ta’kidladi. Kengash majlisida MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedev ham qatnashadi.

MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashining bo‘lajak majlisi kun tartibiga 16 hujjat loyihasi kiritilgan. Ulardan 10 tasi Hamdo‘stlikning Davlat rahbarlari kengashi va Hukumat rahbarlari kengashiga kiritish uchun tasdiqlanishi rejalashtirilgan.

Ko‘rib chiqilayotgan hujjatlar loyihalari Hamdo‘stlik mamlakatlarining tashqi siyosat, huquqiy, madaniy-gumanitar, xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishga qarshi kurashish sohalaridagi o‘zaro hamkorlik masalalariga qaratilgan.

Vazirlar mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, MDH davlatlarining barqaror rivojlanishini ta’minlashga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadi. Kengash majlisi doirasida tashqi ishlar vazirlari ikki tomonlama uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

Vazirlar uchrashuvining hujjatlarini birgalikda ishlab chiqish maqsadida 2017-yil 6-aprel kuni ishtirokchi davlatlar va MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillarining Kelishuv majlisi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbirlarda 200 dan ortiq mehmon, shu jumladan, rasmiy delegatsiyalar a’zolari va jurnalistlar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (4-04-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют