» » A Seriya. “Roma” o‘z uyida yirik g‘alabaga erishdi (video)

A Seriya. “Roma” o‘z uyida yirik g‘alabaga erishdi (video)


Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 13-turi doirasida 24-noyabr, yakshanba kuni 4 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Paulu Fonseka qo‘l ostidagi Rimning “Roma” klubi o‘z maydonida “Breshiya”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida rimliklar jamoasi vakillari Kris Smolling (49), Janluka Manchini (57) hamda Edin Jeko (66) birin-ketin raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa o‘yin 3:0 hisobida “Roma”ning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “Roma”ning ochkolari soni 25 taga yetdi va jamoa musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. So‘nggi o‘rindagi “Breshiya” hisobida esa 7 ochko mavjud.

A Seriya

13-tur bahslari

24-noyabr, yakshanba

Gollar: 0:1 — 17 Kulusevski, 1:1 — 40 Palasio, 1:2 — 71 Yakoponi, 2:2 — 90 Jemaili

Gol: 1:0 — 66 Di Karmine

Gollar: 1:0 — 49 Smolling, 2:0 — 57 Manchini, 3:0 — 66 Jeko

Gollar: 0:1 — 34 Immobile, 1:1 — 45 Kaputo

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-11-2019, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 53) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют