» » O‘zbekistonda repetitorlarga litsenziya olish talab etilishi mumkin

O‘zbekistonda repetitorlarga litsenziya olish talab etilishi mumkin


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasida yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishga tayyorlash ishlari davom etmoqda.

Parlament quyi palatasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, qonun loyihasi yuzasidan o‘tkazilgan navbatdagi muhokama jonli bahs-munozaralarga aylanib ketdi. Unda deputatlar, tegishli vazirlik va idoralar xodimlari hamda ishchi guruhi a’zolari qator taklif-tavsiyalar bildirdi.

Qayd etilishicha, hukumat tomonidan kiritilgan ta’lim tizimiga jismoniy shaxslarning yakka tartibda pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi — repetitorlik haqidagi norma ishchi guruhi a’zolarining keskin tanqidiga sabab bo‘lgan.

Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Shuhrat Bafayev ushbu norma amaldagi qonunning predmeti bo‘lmagani sababli mazkur qonun loyihasida qolishi maqsadga muvofiq emas, deb hisoblagan.

Shuningdek, maxsus malakaga ega bo‘lgan shaxslar repetitorlik bilan shug‘ullanishi mumkinligi va ushbu faoliyatni amalga oshirish uchun yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lish hamda litsenziya olish talab etilmasligini ishtirokchilar tanqid qilgan.

Mavzuga doir: Ta’lim to‘g‘risidagi qonun loyihasining yangi tahririda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etish taqiqlandi

Jumladan, Qonunchilik palatasining deputati Quvondiq Jumaniyozov mazkur qo‘shimchaning kiritilishiga qo‘shilmaslik va uni qonun loyihasidan chiqarish taklifini bildirdi. Deputat, repetitorlik ta’limning alohida ko‘rinishimi yoki yo‘qmi, degan savolni o‘rtaga tashlagan.

Uning aytishicha, bu mustaqil ravishda bilim olishning alohida ko‘rinishidir. Bunday ta’lim yakunida repetitorlar diplom yoki sertifikat bermaydi, o‘qitish uslublari Davlat ta’lim standartlariga mos kelmaydi. Mazkur masalalar ushbu qonunda tartibga solinishi kerak.

Muhokamadan so‘ng ishchi guruhi a’zolari qonun loyihasi yuzasidan respublikaning har bir hududida muhokamalar tashkil etish zarurligi, internet tarmog‘ida ham jamoatchilik fikrini o‘rganish kerakligi, olim va ekspertlar xulosalarini olish zarurligi haqida yakdil fikrga kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-11-2019, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют