WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Peruda suv toshqini va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 100 kishidan ortdi
Peruda suv toshqini va ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni 100 kishidan ortdi
Peru hududida ro‘y bergan suv toshqini hamda ko‘chkilar oqibatida halok bo‘lganlar soni o‘tgan yil dekabr oyidan beri 106 kishiga yetdi. Bu haqda 4-aprel, seshanba kuni Favqulodda vaziyatlar milliy operatsiya markazi (COEN) ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Avvalroq halok bo‘lganlar 94 nafar ekanligi xabar berilgan edi.
COEN ma’lumotlariga ko‘ra, kuchli yomg‘ir oqibatida yuzaga kelgan suv toshqini va ko‘chkilar 16 ming aholi uylarini vayron qilgan, yana 210 mingga yaqiniga zarar yetkazgan. Shuningdek, 2,5 ming kilometr yo‘l hamda 281 ko‘prik qayta ta’mirlashga muhtoj.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!
ОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?