» » Toshkent viloyatida 19 yoshli yigit Toyota Prado olib qochdi

Toshkent viloyatida 19 yoshli yigit Toyota Prado olib qochdi


Toshkent viloyatida qimmatbaho avtomobil olib qochildi, deb xabar berdi IIV Tergov departamenti.

3-dekabr kuni taxminan soat 13:15 larda fuqaro 19 yoshli Sh.T. Toshkent viloyati Toshkent tumanida fuqaro 49 yoshli B.N. tomonidan qarovsiz qoldirilgan Toyota Prado rusumli transport vositasini eshiklari qulflanmagan va o‘t oldirish joyida kaliti qoldirib ketilganligidan foydalanib, avtomashinani boshqarib olib qochib ketgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Sh.T. tomonidan olib qochilgan Toyota Prado rusumli transport vositasi ichki ishlar xodimlari tomonidan texnik soz holatda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Do‘rmon chorrahasida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Sh.T. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va himoyachi ishtirokida so‘roq qilingan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-12-2019, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют