» » O‘zingizdan uzoq tutishingiz kerak bo‘lgan 4 turdagi odamlar

O‘zingizdan uzoq tutishingiz kerak bo‘lgan 4 turdagi odamlar


Har bir odamning hayotida ertami-kechmi fe’l-atvori bilan hayotingizni buzadigan “zaharli” kishilar uchraydi. Umidsizlikka tushishdan saqlanish uchun, quyidagi ro‘yxatdagi kishilarni o‘zingizga yaqinlashtirmaslikka harakat qiling.

Bunday kishilar o‘z yo‘liga yurgizish sohasida mutaxassis hisoblanadi. Ular odamning nozik joyini yaxshi aniqlab oladi va ularga foyda keltiruvchi ishni qilishga qanday majbur qilishni biladi.

Xavfli tomoni: Bunday kishilar bilan muloqotda bo‘lish sizning ishonch va o‘z qadringizni his qilish tizimingizga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ular siz xohlamagan ishni qilishga majbur qilish yo‘llarini topishadi, bu esa sizni shaxs sifatida barbod qiladi. Siz o‘zingizning emas, balki ularning ustunligi va e’tiqodi bilan yashay boshlaysiz.

O‘zini muhim his qilish tuyg‘usi kuchli bo‘lgan bunday kishilar dunyo uning atrofida aylanayotgandek hisoblashga o‘rganib qolgan. Ular ham atrofidagi kishilarni o‘zlariga bo‘ysundirishga harakat qiladi.

Xavfli tomoni: Ularning butun diqqat-e’tibori faqat o‘zlarining ehtiyojlariga qaratilgan bo‘ladi. Sizning qiziqishlaringiz ularni umuman tashvishlantirmaydi. Ular to‘liq ishonch bilan, xuddi shunday bo‘lishi tabiiy holdek, sizdan foydalanadi.

Pessimistlar o‘zlarining hayotidagi yaxshi narsalarni qadrlamaydi. Agar siz ularga: “Bugun ajoyib quyoshli kun!” desangiz, ular ertaga yomg‘ir va sovuq bo‘lishi kutiladi deb javob beradi.

Xavfli tomoni: Bunday odamlar atrofdagilarning quvonchini o‘g‘irlaydi. Ular dunyoga salbiy munosabatda bo‘ladi va buni atrofidagilarga ham yuqtiradi.

Sizga nimadir yoqimli va ajoyib bo‘lib ko‘rinsa, ularga bu g‘alati va xunuk bo‘lib ko‘rinadi. Agar siz kimnidir iste’dodli va istiqboli porloq deb hisoblasangiz, ular ahmoq va qobiliyatsiz deb hisoblaydi.

Xavfli tomoni: Ular butun dunyoni o‘ziga moslashtirishga harakat qiladi va buni atrofidagilardan boshlaydi. Tanqidchilar tinimsiz tortishuvlardan oladigan salbiy hissiyotlar bilan oziqlanadi.

Manba: “Psy-fi.nl”

Опубликовано: admin (6-04-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют