» » Qashqadaryo hokimi va IIB boshlig‘i 17 yoshli bolaga fuqarolik pasportini olishda ko‘maklashdi

Qashqadaryo hokimi va IIB boshlig‘i 17 yoshli bolaga fuqarolik pasportini olishda ko‘maklashdi


Qashqadaryoda oilaviy sharoiti sabab, fuqarolik pasportini o‘z vaqtida ololmagan 17 yoshli o‘smir viloyat hokimi Zoir Mirzayev va IIB boshlig‘idan ko‘mak so‘radi, deb xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Xabar berilishicha, 17 yoshli bola Prezidentning Qashqadaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasida qabul o‘tkazayotgan viloyat hokimi Zoir Mirzayev va IIB boshlig‘i Shuhrat Sotvoldiyev qabulida bo‘lib, ahvoli og‘irligini ma’lum qilgan.

“Ulug‘bek Mahmadumarovning shaxsiga oid hujjatlari o‘rganib chiqilganda, uning otasi Tojikiston Respublikasi fuqarosi ekanligi, hozirgi kunda Tojikiston Respublikasi “Vaxsh” tumanida yashashi, onasi Mengboyeva Mahbubaga esa fuqaroligi yo‘q shaxs sifatida guvohnoma rasmiylashtirib berilganligi aniqlandi”, – deydi Qashqadaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi katta inspektori Fayoz Qurbonov.

Aniqlanishicha, u onasi bilan Qarshi tumanining “Otchopar” qishlog‘ida yashab keladi.

Zoir Mirzayev topshirig‘iga asosan 17 yoshli o‘smir murojaati IIB boshlig‘i, polkovnik Shuhrat Sotvoldiyev nazoratiga olindi va homiylik yordamida unga shaxsini tasdiqlovchi hujjat — fuqarolik pasporti rasmiylashtirib, pasport bilan birga badiiy kitob sovg‘a qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-12-2019, 07:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют