» » Sirdaryoda Cobalt piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi kasalxonada vafot etgan

Sirdaryoda Cobalt piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi kasalxonada vafot etgan


Sirdaryoda Cobalt avtomobilini boshqarib ketayotgan haydovchi piyodani urib yubordi. IIV YHXBB axborot xizmatining yozishicha, jabrlanuvchi kasalxonada vafot etgan.

Ko‘ngilsiz hodisa 26-dekabr kuni soat 20:30 larda Sirdaryo viloyati Xovos tumani hududidan o‘tuvchi 4R-32 “Yangiyer—Paxtakor” avtomobil yo‘lining 16-kilometrida sodir bo‘lgan. Xovos tumanida yashovchi 1981-yilda tug‘ilgan J.A. Cobalt rusumli avtomobilini boshqarayotib, yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanuvchi Mirzaobod tumanida yashagan, 1991-yilda tug‘ilgan G‘.B. ismli fuqaro bo‘lgan. G‘.B. olgan tan jarohatlari oqibatida kasalxonada vafot etgan.

Mavzuga doir: Angrenda maktab o‘quvchisini mashina urib ketdi

Avvalroq Surxondaryo viloyatida Isuzu rusumli avtobus beton to‘siq ustidan sakrab o‘tayotgan piyodani urib yuborgani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-12-2019, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют