» » Germaniyalik shifokorlar Farg‘onada bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi

Germaniyalik shifokorlar Farg‘onada bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi


Farg‘ona viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bemor bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi, ‘Sog‘lom avlod uchun’ xalqaro xayriya fondi va Germaniyaning Friedensdorf International xalqaro tashkiloti hamkorligida tashkil etilgan tadbir O‘zbekistonda aholi, ayniqsa, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish, ularni ijtimoiy-tibbiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan izchil ishlarning yana bir ifodasi bo‘ldi”, — deb yozadi O‘zA.

Tibbiy ko‘rikka shahar va tumanlardan, asosan, tana tayanch harakat tizimi, tug‘ma yurak nuqsoni, terida kuyish asoratlari, oshqozon kasalliklariga chalingan o‘g‘il-qizlar jalb qilindi.

Germaniyalik shifokorlar bilan birga O‘zbekiston shifokorlari bemorlarga o‘z maslahatlarini berdi. Bu yerda tanlab olingan ixtisoslashgan tibbiy yordamga muhtoj bemor bolalar xorijiy klinikalarda sog‘lomlashtiriladi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (6-04-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 69) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют