» » Yaponiya Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarni yana 2 yilga uzaytirdi

Yaponiya Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarni yana 2 yilga uzaytirdi


Yaponiya Shimoliy Koreyaga nisbatan sanksiyalarni yana 2 yilga uzaytirdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

“Biz KXDR bilan munosabatlarda muloqot va bosimni mujassam olib borishni ko‘zlaganmiz. Shu tariqa Shimoliy Koreya bilan bog‘liq barcha, jumladan, uning raketa-yadro dasturi va o‘g‘irlangan yapon fuqarolari bilan bog‘liq muammolar hal etilishiga erishish niyatidamiz”, — deya ta’kidladi Fumio Kisida. 

Sanksiyalar Pxenyan bilan barcha to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita eksport-import operatsiyalari (jumladan, uchinchi davlatlar orqali ham) to‘liq man etilishini ko‘zda tutadi. Ikki davlat o‘rtasidagi har qanday transport turi qatnovi ham butkul taqiqlangan.

KXDRga nisbatan cheklovlar 2006-yilda, Pxenyan tomonidan o‘tkazilgan birinchi yadro sinovidan so‘ng joriy etilgandi. Shundan beri ular muntazam ravishda uzaytirib kelinmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют