» » O‘zbekistonning boshqa davlatlardan qarzi qanchaligi ma’lum qilindi

O‘zbekistonning boshqa davlatlardan qarzi qanchaligi ma’lum qilindi


Moliya vazirligi O‘zbekistonning davlat qarzi qanchaligini ma’lum qildi. 2019-yil boshidan buyon davlat qarzi 4,5 milliard AQSh dollariga yoki 30,9 foizga oshgan.

2019-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra O‘zbekiston hukumati nomidan yoki uning kafolati ostida jalb qilingan qarzlar miqdori 19,2 milliard dollar yoki yalpi ichki mahsulotning 33,6 foizini tashkil etgan.

O‘zbekistonning eng ko‘p qarzi Xitoydan. 2019-yil 1-oktabr holatiga ko‘ra qarz miqdori 2,8 milliard dollarni tashkil etdi.

“Ushbu mablag‘lar O‘zbekiston hukumatining to‘g‘ridan to‘g‘ri qarzi emas, balki asosan Xitoy davlat Taraqqiyot banki va Eksport-import bankining kreditlarini aks ettiradi”, — deyiladi xabarda.

Mavzuga doir: O‘zbekistonning tashqi qarzi 21 mlrd dollardan oshib ketdi

Ikkinchi o‘rinda Yaponiya (1,8 milliard dollar), uchinchi o‘rinda Janubiy Koreya (560 million dollar). Fransiya to‘rtinchi (345,8 million dollar), Germaniya beshinchi o‘rinda (286,5 million dollar). Keyingi o‘rinlarni Rossiya (150,6 million dollar) Saudiya Arabistoni (122,1 million dollar) va boshqa mamlakatlar (111,8 million dollar) egallagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-01-2020, 10:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют