» » “Barselona” Valverdeni iste’foga chiqardi. Uning o‘rnini “Betis” sobiq ustozi egalladi

“Barselona” Valverdeni iste’foga chiqardi. Uning o‘rnini “Betis” sobiq ustozi egalladi


“Barselona” futbol klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde iste’foga chiqarildi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

13-yanvar, dushanba kuni mutaxassis “Barselona” prezidenti Jozep Bartomeu va klub direktorlari bilan uchrashgan. Katalon klubi rahbariyati murabbiyni iste’foga chiqarish qaroriga kelgan. “Barselona”ning rasmiy bayonotida tomonlar shartnomani o‘zaro bekor qilish haqida kelishib olgani ma’lum qilingan.

Uning o‘rnini “Betis” sobiq bosh murabbiyi Kike Setyen egallaydi. 61 yoshli mutaxassis “Barselona” bilan 2022-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Setyen 14-yanvar, seshanba kuni “Barsa”ning yangi bosh murabbiyi sifatida tanishtiriladi.

Avvalroq “Barselona” Ispaniya Superkubogi musobaqasi yarim finalida “Atletiko”ga yutqazib qo‘ygandi (2:3). La Ligada esa 40 ochko to‘plagan holda “Real” bilan peshqadamlik qilmoqda.

55 yoshli Valverde “Barselona”ga 2017-yilda kelgandi. Uning qo‘l ostida “ko‘k-anorranglilar” 163 ta rasmiy uchrashuv o‘tkazib, 108 g‘alaba (66,25%), 35 durang (21,47%) va 20 ta mag‘lubiyat (12,26%) qayd etdi. Valverde davrida “Barselona” ikki bor Ispaniya chempioniga aylandi. Shuningdek, bir martadan mamlakat Kubogi va Superkubogiga ega chiqdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2020, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют