» » Otasining Zangiotadagi fermer xo‘jaligidan 70 sotix yerni 380 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi

Otasining Zangiotadagi fermer xo‘jaligidan 70 sotix yerni 380 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda firibgarlik jinoyati fosh etildi, deya xabar bermoqda idora matbuot xizmati.

Fuqaro K.T. fuqaro V.P.ning ishonchiga kirib, uni aldab, otasi S.T.ga qarashli “S” fermer xo‘jaligiga Toshkent viloyati Zangiota tumani hududidan ajratilgan 1,5 gektar yerning 70 sotixini 380 ming dollarga sotishni rejalashtirgan.

Aslida fermer xo‘jaligiga oziq-ovqat mahsulotlari hamda meva sabzavotlarini quritish, qayta ishlash va qadoqlash sexlari qurish uchun ajratilgan yerning bir qismi uchun K.T. 50 ming dollar pulni firibgarlik yo‘li bilan olganida ushlangan.

“Mazkur holat yuzasidan K.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda”, — deyiladi Bosh prokuratura axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-01-2020, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 87) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют