» » O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konsullik ustavi tayyorlandi

O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konsullik ustavi tayyorlandi


O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi tomonidan mamlakatning Konsullik ustavi (yangi tahriri) loyihasi tayyorlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

2017—2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturiga muvofiq tayyorlangan loyiha Normativ-huquqiy hujjatlarning muhokamasi tizimiga joylashtirildi.

Mazkur hujjat loyihasiga yangi tahrirdagi “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi bo‘yicha taqqoslash jadvali ilova qilingan.

Loyiha matni Tashqi ishlar vazirligi rasmiy saytida e’lon qilindi. Loyiha yuzasidan taklif va mulohazalarni “Regulation.gov.uz” veb-sahifasida qoldirish mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-04-2017, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют