» » “Tottenhem” 21 yoshli portugaliyalik futbolchi transferini e’lon qildi

“Tottenhem” 21 yoshli portugaliyalik futbolchi transferini e’lon qildi


“Benfika” yarim himoyachisi Jedson Fernandesh faoliyatini “Tottenhem”da davom ettiradi. Bu haqda “shporlar” rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Londonliklar klubi 21 yoshli futbolchini sotib olish huquqi bilan 18 oyga ijaraga olgan. Futbolchi yangi jamoasida 30-raqam ostida harakat qiladi.

Avvalroq “Tottenhem” portugaliyalik futbolchini 60 million yevroga sotib olishi mumkinligi xabar qilingandi.

Jedsonga shuningdek, “Vest Hem”, “Vulverhemton”, “Manchester Yunayted” va “Chelsi” kabi jamoalardan qiziqish bor edi.

Futbolchi joriy mavsum Portugaliya chempionatida yettita o‘yin o‘tkazdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-01-2020, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют