» » Jigar sirrozi bilan og‘riyotgan Donoxon Soipova yaxshilar yordamiga muhtoj

Jigar sirrozi bilan og‘riyotgan Donoxon Soipova yaxshilar yordamiga muhtoj


“Daryo” tahririyatiga Toshkent shahrida istiqomat qilayotgan Donoxon Soipovadan murojaat kelib tushdi. Unda ayol jigarini almashtirish jarrohlik amaliyoti uchun moddiy yordam so‘ralgan.

Donoxon Soipova 51 yoshda. Gepatitning S va D turlari bilan kasallangan. To‘rt yildan buyon jigari yaxshi ishlamagani bois, qizilo‘ngachida qon yig‘ilib, ko‘plab operatsiyalarni boshidan o‘tkazgan.

Hozirda unga jigar sirrozi, subkompensatsiya bosqichi, Klass V Chayld-Pyu bo‘yicha Portal gipertenziya tashxisi qo‘yilgan. Shifokorlarning aytishicha, jigarni zudlik bilan almashtirish kerak.

Uning aytishicha, agar operatsiya Akfa Medline medmarkazida o‘tkaziladigan bo‘lsa, unga 50 million so‘m atrofida mablag‘ ketarkan. Hindistonga borib operatsiya qildirish uchun esa 30 million so‘m artofida pul kerak bo‘ladi.

Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya markazidagilar esa unga Hindistondan shifokor olib kelib,  operatsiya o‘tkazishini va o‘g‘illarining donor bo‘lishi uchun tekshiruvlardan o‘tkazishini hamda bunga 20 million so‘m atrofida mablag‘ kerakligini aytgan.

Biroq oilaning moddiy ahvoli qoniqarli darajada emas. Turmush o‘rtog‘i pensioner. Kichik farzandi birinchi guruh nogironi. Hozir ularda 10 million so‘m atrofida pul bor. Lekin  operatsiya uchun yana 10 million so‘m zarur.

Biz barcha saxovatli yurtdoshlarimizdan Donoxon Soipovaning tuzalib ketishiga yordam berishlarini so‘rab qolamiz.

Donoxon Soipovaga xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali Saipova Donoxon nomiga ochilgan.

Ipoteka bank: 8600332981117470

Telefon raqami: +99899 811-38-33



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-01-2020, 18:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют