» » “Matbuot kotibim xalq ta’limidan maosh oladi”. Kasbi tuman hokimi matbuot kotibiga kam maosh berilayotganini tan oldi

“Matbuot kotibim xalq ta’limidan maosh oladi”. Kasbi tuman hokimi matbuot kotibiga kam maosh berilayotganini tan oldi


Kasbi tuman hokimligining axborot xizmati rahbari tuman hokimligida ish yuritsa-da, oylik maoshni tuman xalq ta’limi bo‘limidan oladi. Bu haqda tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshev.

Ma’lum bo‘lishicha, 20-yanvar, dushanba kuni Kasbi tumani hokimi To‘xtamurod Meyliyev ishtirokida matbuot anjumani tashkil etilgan. Unda “Daryo” muxbirining savoliga javoban hokim To‘xtamurod Meyliyev matbuot kotibi 2019-yil avgust oyidan 2020-yil yanvar oyi boshiga qadar tuman ko‘nikma markazi xodimi sifatida, joriy yildan esa xalq ta’limi xodimi sifatida hujjatlarda qayd etilayotganini aytgan.

— Matbuot kotibim hujjatlarda avval tuman ko‘nikma markazi xodimi sifatida, hozirda esa tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri sifatida ishga olingan, — deydi tuman hokimi. — Tuman budjetini tasdiqlash arafasidamiz, nasib etsa fevral oyidan xodimimizning oylik maoshi ham belgilangan tartibda o‘rinbosarlarga to‘langani kabi to‘lanadi. Xizmat avtomobili ham beriladi.

Ma’lum bo‘lishicha, tuman hokimligining axborot xizmati rahbari ayni kunda tuman xalq ta’limi bo‘limining yetakchi mutaxassisi sifatida oylik maosh oladi.

Prezidentning 2019-yil 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari rahbarlari bir vaqtning o‘zida davlat organi va tashkiloti rahbarining matbuot kotibi hisoblanib, axborot siyosati masalalari bo‘yicha rahbarning maslahatchisi maqomiga ega bo‘lishi belgilangandi. Shuningdek, mazkur lavozim egalari mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish shartlariga ko‘ra davlat organi va tashkiloti rahbarining o‘rinbosariga tenglashtirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, viloyat rahbari Zoir Mirzayev tuman hokimligi axborot xizmati rahbarlari ish faoliyatini tanqid qilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2020, 20:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют