» » Xitoyda yangi virusdan to‘rtinchi kishi vafot etdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti shoshilinch yig‘ilish chaqirdi

Xitoyda yangi virusdan to‘rtinchi kishi vafot etdi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti shoshilinch yig‘ilish chaqirdi


Xitoyning Uxan shahrida koronavirusning yangi turidan kelib chiqqan pnevmoniyadan to‘rtinchi kishi vafot etdi. deb xabar bermoqda “Kommersant”. Bundan avval uch kishi vafot etgani, virusni yuqtirib olganlar soni 1 723 ming nafarni tashkil qilgani haqida xabar berilgan edi.

Qayd etilishicha, kasallik alomati 89 yoshli erkakda 13-yanvar kuni paydo bo‘lgan. U nafas olishida jiddiy muammolar paydo bo‘lganidan 5 kun o‘tib kasalxonaga yotqizilgan. Bemor 19-yanvar kuni vafot etgan. Unda, shuningdek, gipertoniya, qand kasalligi va yurak ishemik kasalligi bo‘lgan.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 22-yanvar, chorshanba kuni, Xitoyda yangi koronavirus tarqalishi sababli favqulodda qo‘mitaning shoshilinch yig‘ilishini chaqirdi. Kasallik Xitoyda tarqalgan, ammo undan zararlanish holatlari Janubiy Koreya, Yaponiya va Tailandda ham qayd etilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2020, 11:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют