» » Xitoyda noma’lum koronavirus tufayli halok bo‘lganlar soni olti nafarga yetishi oqibatida Hermes va Lufthansa aksiyalari narxi pastladi

Xitoyda noma’lum koronavirus tufayli halok bo‘lganlar soni olti nafarga yetishi oqibatida Hermes va Lufthansa aksiyalari narxi pastladi


Xitoyning Uxan shahri meri Chjou Syanvan 20-yanvar holatiga yangi turdagi koronavirus yuqtirib olib pnevmoniyaga uchrab halok bo‘lgan bemorlar soni olti nafariga yetganini ma’lum qildi.

Viloyat hokimi markaziy televideniyega bergan intervyusida Uxanda yangi virusdan zararlanish bo‘yicha 258 ta holat qayd etilganini bildirgan. Shifoxonalarda 227 nafar bemor davolanmoqda, ularning 51 nafari og‘ir, 12 nafari o‘ta og‘ir ahvolda.

Noma’lum turga mansub koronavirus xavfi tufayli Yevropaning bir nechta kompaniyasi oxirgi uch haftada jiddiy moliyaviy zarar ko‘rgan, deb yozmoqda Reuters. Air France, Lufthansa va IAG (British Airways’ga qarashli kompaniya) va lyuks sinfga kiruvchi aksessuarlar va kiyimlarning LVMH, Hermes, Kering handa Burberry firmalarining aksiyalari narxi sezilarli darajada pasaygan.

20-yanvar holatiga Xitoy hukumati ma’lumotiga ko‘ra koronavirus bilan kasallanish holatlarinign 291 tasi qayd etilgan. Uxandan tashqari mamlakatning yana oltita viloyatida, jumladan, Pekin va Shanxayda ham ushbu virus tarqalgan. Gonkong universiteti olimlari virusning Xitoydagi 20 ta shaharda tarqalganini bildirgan, biroq ushbu ma’lumot rasman o‘z tasdig‘ini topmagan.

Mavzuga doir: 

Kasallikka chalinish holatlari Tailand va Yaponiyada ham kuzatilgan. O‘zbekiston TIV Xitoyda tarqalgan yangi virus sababli u yerga bormoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ehtiyot bo‘lishga chaqirgan. O‘zbekiston SSV Xitoyda tarqalgan koronavirus tufayli chegaradagi sanitar nazorat kuchaytirilganini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2020, 06:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют