» » Quyichirchiqda qo‘shnilarning ichkilikbozligi pichoqbozlik bilan yakunlandi

Quyichirchiqda qo‘shnilarning ichkilikbozligi pichoqbozlik bilan yakunlandi


Joriy yil 18-yanvar kuni soat 22:30 larda 57 yoshli B.M. Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumani, Kushek mahallasida yashovchi mahalladoshining uyida qo‘shnisi 36 yoshli G.A. bilan birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirgan vaqtlarida o‘zaro janjallashib qoladi. Bu haqda Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.

Janjal asnosida B.M. stol ustidagi oshxona pichog‘i bilan G.A.ning qorin sohasiga bir marta sanchib, tan jarohati yetkazgan.

Sudga oid tibbiy ekspertizasining xulosasida G.A. og‘ir tan jarohati olganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Quyichirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va unga nisbatan ushbu modda bilan ayblov e’lon qilinib, “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2020, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 20) ( 0) ( 20) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют