» » PSJ va “Yuventus” futbolchi almashtiradigan bo‘ldi

PSJ va “Yuventus” futbolchi almashtiradigan bo‘ldi


Turinning “Yuventus” hamda Parijning PSJ klublari o‘zara himoyachilarini almashtiradigan bo‘ldi. Bu haqda italiyalik taniqli jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

Unga ko‘ra, Leven Kurzava PSJdan “Yuventus”ga o‘tadi. Leven Turin klubi bilan 2024-yil yoziga qadar shartnoma imzolaydi va yiliga 3,5 million yevro maosh oladi.

Teskari yo‘nalishda Parijga yo‘l oladigan Mattia de Shilyo esa PSJ bilan 2024-yil yoziga qadar kelishuvga imzo chekadi. Uning maoshi esa yiliga 3 million yevroni tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, Mattia joriy mavsum “Yuventus” safida to‘qqizta o‘yin o‘tkazdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022-yil yozida yakuniga yetadi. Himoyachining transferi 12 million yevroga baholanmoqda. Kurzava esa PSJ safida joriy mavsumda 14 ta o‘yin o‘tkazib, bitta golli uzatma berdi. Uning klub bilan bitimi 2020-yil yozida yakuniga yetadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2020, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют