» » Uchastkavoylaringni qutqarib qolsalaring, urgani yoq desalaring, rozi qiladi. Chiroqchilik IIB xodimlari qotillikni yashirish uchun guvohlarning ogzini yopishga uringan

Uchastkavoylaringni qutqarib qolsalaring, urgani yoq desalaring, rozi qiladi. Chiroqchilik IIB xodimlari qotillikni yashirish uchun guvohlarning ogzini yopishga uringan


Chiroqchi tumanida ogrilikda gumonlangan 32 yoshli fuqaroni urib oldirgan IIB xodimlari oz qilmishini yashirishga ham uringan. Bu haqda marhum Yu.A. bilan birga kaltaklangan ota-bola Qurbon Ostonoyev hamda Bahrom Avliyoqulovlar malum qildi, deya xabar berdi Daryo muxbiri.

Daryo muxbiri Otabek Qoldoshev kaltaklanish oqibatida vafot etgan marhumning yaqinlari hamda osha kuni voqea joyida bolgan ota-bola bilan bilan suhbatlashish uchun Chiroqchi tumanida boldi.

Prokuratura voqeani sorab-surishtirishni boshlagach, bizni kaltaklagan IIB xodimlaridan biri otamga uchastkavoylaringni qutqarib qolsalaring, urgani yoq, deb yuborsalaring, rozi qiladi dedi, deydi Bahrom Avliyoqulov.

Ayni paytda tuman shifoxonasida davolanayotgan ota-bolaning aytishicha, tuman IIB binosida vafot etgan marhum Yu.A. kaltaklanayotgan payt ular ham osha yerda bolgan. Ular ham IIB xodimlari tomonidan ayovsiz kaltaklangan.

Qurbon Ostonoyevning aytishicha, u 21-yanvar kuni kechki payt qishloq profilaktika inspektori tomonidan tuman IIBga olib borilgan.

Uchastkavoy meni IIBga olib borgach, Nurbek ismli xodimga topshirdi, deydi Qurbon Ostonoyev. Xodim meni korishi bilan haqorat qila boshladi. Tilga olib bolmas sozlar bilan sokdi. Avval old tomonimga, keyin orqamga ikki marta tepdi, mushtlab urdi. Marhum Yu.A.dan mol sotib olganmisan, deb soradi. Men esa avval 4 bosh, keyin 2 bosh qoramol sotib olganimni aytdim. Javobimdan qoniqmadi, shekilli, meni urishda davom etdi.

Qurbon Ostonoyevning malumot berishicha, uni urib sokishgani, haqorat qilishgani yetmagandek burchakka qolini kotartirib, tik turgizib qoyishgan.

Nurbek ismli xodimdan song yonimga Anvar degani keldi, deydi Qurbon Ostonoyev. U ham haqorat qildi, urdi. Javoblarim maqul kelmadimi protivogaz kiydirib, qiynoqqa sola boshladi. Xuddi yosh boladek chakkamga tarsaki tushirardi. Osha kuni xona burchagida qolimni kotartirib, turgizib ham qoyishdi. Ozlari esa uxladi.

Malum bolishicha, 2020-yil 21-yanvar kuni kechki payt soat 7-8 larda tuman IIBga olib borilgan Qurbon Ostonoyev 22-yanvar kuni ham soroq qilingan. Hatto pichoq bilan qorqitilgan.

22-yanvar kuni tong payti Anvar ismli xodim yana soroq qilishni boshladi: urdi, tepdi, deydi Qurbon Ostonoyev. Hatto pichoq ham tirashdi. Pichoq sopi bilan boshimga uravergach, pichoq sopi sindi. Ammo ularning qiynogi tugamadi.

Qurbon Ostonoyev voqeani eslashicha, uni marhum Yu.A. bilan yuzlashtirishgan.

Yu.A.ni korganimda ahvoli juda yomon edi, yuzlari qorayib, shishib ketgandi, deya marhumning ahvoli haqida eslaydi Q.Ostonoyev. Aftidan, juda kopchilik bolib urishgan.

Bahrom Avliyoqulov ham marhumni korganida ahvoli yomonligini, yuzlari qorayib, tanib bolmas darajaga kelganini aytmoqda.

IIBga borgan paytim avval otamning oldiga olib borishdi va Taniysanmi?, deb sorashdi, deydi Bahrom Avliyoqulov. Otam, dedim. Song Yu.A.ning yoniga olib borishdi. Stulda otirgan Yu.A. orqaga zorga qaradi. Yuzlari shishib, qorayib ketgan ekan. Ahvoli yomonligi sezilib turardi. Yonida 4-5 nafar IIB xodimlari bor edi. Uni urishayotgan ekan.

Malum bolishicha, Bahrom Avliyoqulov otasi Qurbon Ostonoyevdan bir kun keyin 22-yanvar kuni kechki payt soat 7-8 larda uyidan olib ketilgan.

Kechki payt soat 7-8 larda Alisher posbon keldi, yonida IIB xodimi ham bor edi, deydi Bahrom Avliyoqulov. Seni olib ketishimiz kerak, deyishdi. Onamga aytib, tuman IIBga ketdik. Borgach, eshikdan Avliyoyevga, deb olib kirishdi. Ichkariga kirganimizdan song Alisher posbon Seni urishadi endi, degach qorqib ketdim. Uchinchi qavatga olib chiqishdi. Qavat oxiridagi xonaga qamab, kaltaklay boshlashdi. Ogrilikni boynimga olishimni sorashdi. Men qilmaganman, deganimdan song Boyniga olmas ekan, deb yotqizib tovonimga dubinka bilan urishdi. Avvaliga 2 kishi kaltakladi. Songra 4-5 kishi kirib urishdi.

Bahrom Avliyoqulovning aytishicha, u turgan xonaga kaltaklanayotgan Yu.A.ning baqirgan ovozi eshitilgan.

Yu.A.ni bizga nisbatan ham kop urishdi, shekilli, baland ovozda baqirardi, deydi Bahrom Avliyoqulov. Uni urgan xodimlar meni ham urishardi. Uning kokargan yuzini, holsiz tanasini korsatib, Seni ham shu ahvolga solamiz, deyishdi.

Qurbon Ostonoyevning tumush ortogi Sharofat Oroqovaning aytishicha, qishloq uchastkavoyi Eringiz yarim soatda qaytib keladi, deb turmush ortogini olib ketgach, Qurbon Ostonoyev osha kechasi uyiga qaytmagan.

21-yanvar kuni turmush ortogim uyga kelmagach, 22-yanvar kuni ertalab tuman IIBga bordim, deydi Sharofat Oroqova. Qor yoggani uchun yollarda rosa qiynaldim. Borsam, erimni uchastkavoy sudrab olib ketayotgan ekan. Nima boldi, desam, Hozir bir narsani sorayapmiz, qoyvoramiz, dedi. Yonimdagi 3 ming som pulga somsa olib, uchastkavoyga erimga berishini soradim. U esa erim ovqatlanganini, uyga qaytib ketaverishim kerakligini aytdi. Chorasiz uyga qaytdim.

IIB xodimlari tomonidan qiynoqqa solingan ota-bolaning eslashicha, ularni 23-yanvar kuni tungi soat 1:30 da qoyib yuborishgan. Ular osha payt Yu.A.ning olganidan bexabar bolgan.

Kechasi soat 1:30 da qoyib yuborishgach, qutulganimizga shukur qilib kochaga chiqdik, deydi Qurbon Ostonoyev. Mashina yoqligi sabab 2 soat kochada otirdik. Uchragan mashinaga qol kotarib, tong azon 5 ga yaqin qishloqqa kirib boraverganimizda, ortimizdan 3 ta Matiz bordi. Biri bizni yana IIBga olib ketdi. Bilsak, Yu.A. olib qolgan, prokuratura esa voqeani surishtirayotgan ekan. IIB xodimlari ularning aybini aytmasligimizni sorashdi. Prokuratura soroq qilganda esa bizni urishganini tan olmadi.

Qurbon Ostonoyevning malumot berishicha, uni kaltaklaganlar 7-8 kishini tashkil etadi. Ammo 6 nafarini tanigan, 3 nafari bilan prokuratura xodimlari oldida yuzlashtirilgan.

Adham, Nurbek, Anvar ismli xodimlarni yaxshi tanib qoldim, deydi Qurbon Ostonoyev.

Marhum Yu.A.ning turmush ortogi Gozal Abdiyevaning Daryo muxbiriga aytishicha, turmush ortogi Langar qishlogida sodir etilayotgan ogrilikda qishloq profilaktika inspektorining qoli borligini bilib qolgan.

Qishloqdoshimiz Isroil Yusupovning moli yoqolgach, turmush ortogimni ogrilikda ayblashdi, deydi Gozal Abdiyeva. Ammo yoqolgan mol Taragay qishlogidagi Boriyev Mahmadalining uyidan chiqdi. Erim shuni telefoniga syomka qilib, uchastkavoyga korsatgan. Ammo uchastkavoy ishni yopdi-yopdi qilgan. Erim ularning bir dasturxonda otirganini korgan. Shuning uchun ham uchastkavoyga Sen ishni yopdi-yopdi qilding, deb kop urishardi. Shu sababli erimnioldirishdi, endi menga ham biror nima qilishlaridan qorqyapman.

Marhumning yaqin qarindoshi Feruza Abdurahmonova ham marhum profilaktika inspektorining qishloqdagi ogrilikka aloqasi borligini bilib qolgani uchun oldirilgan degan fikrda.

Marhum amakim tirikligida Men ogrilarga sizlarning bir sirlaringizni bilaman, ammo buni tegishli tashkilotlarga aytaman dedim degandi, deydi Feruza Abdurahmonova. Bu gapni osha ogrilar todasidagi odamga aytgan. Amakim uchastkavoyning ogrilar bilan birgaligini bilgani uchun ham oldirilgan.

Marhumning akasi Mahmarizo Abdurahmonov hamda opasi Xolposhsha Abdurahmonovaning aytishicha, marhumning jasadini uyiga olib kelayotgan IIB xodimlari qishloqqa kirmay, qorongi tushishini kutgan. Jasadni kochada ancha payt ushlab turgan.

Qorongi tushishini kutib, jasadni yuvmay komishimizni xohlayapsanmi, deb IIB xodimlari bilan tortishdim va majburlab qishloqqa olib kirdim, deydi Mahmarizo Abdurahmonov. Biz kelib qolmasak, jasadni kochada mahtal qilib otirishar ekan.

Marhumning akasi Shuhrat Abdurahmonovga kora, Langar qishlogiga borib, IIB xodimlarining qamoqqa olinganini aytgan prokuratura xodimi viloyat prokurorining ozi bolgan.

Daryo muxbiri Chiroqchi tuman IIBda ham bolib, masullar bilan korishishga, ochiq qolayotgan savollarga javob olishga urindi. Ammo IIB masullari korishishni istamaganidanmi na muxbirni ichkariga qoyishdi, na ozlari chiqishdi. Bu ham yetmaganidek, IIB binosini suratga olayotgan muxbirga atrofni kuzatib turgan IIB xodimlari etiroz bildirib, suratga olish mumkinmasligini aytishdi.

Eslatib otamiz, marhum Yu.A.ning olimi bilan bogliq voqeaga munosabat bildirgan Qashqadaryo prokuraturasi marhum 2020-yil 23-yanvar kuni soat 01:50 da vafot etganini, Chiroqchi tumani IIO FMB xodimlariga nisbatan OzR JKning 206-moddasi 1-qismi va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qozgatilib, tergov harkatlari olib borilayotganini yozgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
: admin (28-01-2020, 12:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -