» » O‘zbekistonning Tojikistonga gaz eksporti 30 foizga oshirilishi mumkin

O‘zbekistonning Tojikistonga gaz eksporti 30 foizga oshirilishi mumkin


Ayni vaqtda O‘zbekiston va Tojikiston 2020-yil uchun Tojikistonga tabiiy gaz yetkazib berish bo‘yicha bitim tuzish uchun muzokaralar o‘tkazmoqda. Bu haqda “Tojiktransgaz” rahbarining birinchi o‘rinbosari Shavkat Shoimzoda 27-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

Shoimzodaning ta’kidlashicha, Tojikistonga O‘zbekistondan 200 million metr kubga qadar tabiiy gaz olib kelish rejalashtirilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yilda O‘zbekistondan jami qiymati 17,7 million dollarga teng 140 million metr kub tabiiy gaz import qilingan.

Shoimzodaning qayd etishicha, o‘zbek yoqilg‘isini Tojikistonga yetkazib berish 2018-yilga qaraganda 2,6 barobarga oshgan: 55 million metr kub (6,9 million dollar).

“Tojiktransgaz” rahbari o‘rinbosarining ta’kidlashicha, tabiiy gaz asosan Tojikistondagi alyuminiy zavodi uchun import qilinmoqda. Shuningdek, o‘zbek tabiiy gazidan boshqa korxonalar, xususan, Dushanbe issiqlik elektrostansiyasi ham foydalanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondan Tojikistonga tabiiy gaz yetkazib berish olti yillik uzilishlardan so‘ng, 2018-yilning aprelida qayta yo‘lga qo‘yilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2020, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют