» » Kristian Eriksen “Inter”ga o‘tdi

Kristian Eriksen “Inter”ga o‘tdi


“Tottenhem” yarim himoyachisi Kristian Eriksen faoliyatini “Inter”da davom ettiradi. Bu haqda milanliklar klubi rasmiy saytida ma’lum qilindi.

27 yoshli daniyalik futbolchi “Inter” bilan 2024-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolagan. Kelishuvning moliyaviy tafsilotlari ochiqlanmagan.

Avvalroq “Inter” Eriksen transferi uchun 20 million yevro to‘lashi, uning 2 millioni “Ayaks”ga berilishi xabar qilingandi. Futbolchi Milan shahri jamoasida yiliga 10 million yevro maosh oladi va A Seriyada Krishtianu Ronaldudan keyin eng yuqori maosh oladigan futbolchiga aylanadi.

Eriksenning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2020-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan edi. Avvalroq “Tottenhem” Kristianga yangi bitim taklif qilgan, biroq futbolchi uni rad etgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2020, 18:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют