» » Chiroqchida zo‘ravon IIB xodimlariga qo‘yilgan ayblov ochiqlandi. Ikki IIB xodimi qamoqqa olingan

Chiroqchida zo‘ravon IIB xodimlariga qo‘yilgan ayblov ochiqlandi. Ikki IIB xodimi qamoqqa olingan


Qashqadaryoning Chiroqchi tumanida mol o‘g‘irlashda gumon qilingan 32 yoshli erkak IIB xodimlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafoti etgan edi. Keyinroq IIBning boshqa xodimlari ushbu jinoyatni yashirish maqsadida, guvohlarga bosib o‘tkazgani ma’lum bo‘lgandi. Bosh prokuratura matbuot xizmati zo‘ravon IIB xodimlariga qanday ayblov e’lon qilinganini ochiqladi, deya xabar bermoqda “Xabar.uz”.

Xabar berishlaricha, Chiroqchi tumani Ichki ishlar organlari (IIO) faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi (FMB) xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi (mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (jabrlanuvchining o‘lishiga sabab bo‘ladigan darajada qasddan bandanga shikast yetkazish) va 235-moddasi 3-qismi (qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash) bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etishlaricha, jinoyat ishi doirasida ikki nafar IIB xodimi qamoqqa olingan. Ayni soatlarda mazkur ayanchli voqelik yuzasidan Qashqadaryo viloyati IIB binosida ommaviy axborot vositalari xodimlari uchun maxsus brifing bo‘lib o‘tmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 13:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют