» » “Chiroqchi voqeasi” ortidan viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari ishdan ketdi

“Chiroqchi voqeasi” ortidan viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari ishdan ketdi


Chiroqchi tumanida 32 yoshli fuqaroning IIB xodimlari tomonidan urib o‘ldirib qo‘yilgani ortidan viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ketgan. Bu haqda bugun viloyat IIBda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.

Shohrux G‘iyosovning ma’lumot berishicha, viloyat IIBning birinchi o‘rinbosari Samad Turdiyev shu voqea sabab lavozimidan ketgan.

“IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari shu voqea sabab arizasini yozdi, vijdoni qiynaldi”, — dedi Shohrux G‘iyosov.

Matbuot anjumanida “Daryo” muxbiri 2019-yil Qarshi tuman IIB boshlig‘ining fermerga kuch ishlatishi “Daryo” internet nashrida batafsil yozilganini aytib, voqeadan biroz o‘tib tuman IIB boshlig‘i ishdan olinganini, ammo sababi ommaga oshkor qilinmaganini ta’kidladi. Va mazkur holatga izoh so‘radi.

“Bu haqda ayni paytda menda ma’lumot yo‘qligi bois o‘rganib batafsil ma’lumot berishni viloyat IIB axborot xizmati zimmasiga yuklasak va sizlarga qulay biror kunda shu haqda matbuot brifingi tashkil etiladi”, — dedi Shohrux G‘iyosov.

Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida yashovchi 32 yoshli erkak A.Yu. 22-yanvar, chorshanba kuni, yashash uyidan tuman IIB xodimlari tomonidan olib ketilgan. 23-yanvar, payshanba kuni, esa IIBdan murdasi chiqqan. Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Chiroqchida bir necha IIB xodimi qamoqqa olindi.

Chiroqchi tumanida o‘g‘rilikda gumonlangan 32 yoshli fuqaroni urib o‘ldirgan IIB xodimlari o‘z qilmishini yashirishga ham uringan. Bu haqda marhum Yu.A. bilan birga kaltaklangan ota-bola — Qurbon Ostonoyev hamda Bahrom Avliyoqulovlar ma’lum qildi.

Qashqadaryo viloyati IIBda 30-yanvar kuni o‘tkazilgan brifingda O‘zbekiston ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov so‘zga chiqib, IIB binosida odam o‘limi holati yangilik emasligini ta’kidladi.

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Chiroqchidagi IIB xodimlari qotilligining tergovi bosh prokuror tomonidan nazoratga olinganini ma’lum qildi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2020, 15:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют