» » JSST koronavirusning tarqalishini xalqaro favqulodda holat deb e’lon qildi

JSST koronavirusning tarqalishini xalqaro favqulodda holat deb e’lon qildi


Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 2019-nCoV koronavirusining tarqalishini xalqaro darajadagi tibbiy favqulodda holat deb e’lon qildi. Bu haqda tashkilotning Twitter’dagi sahifasida xabar berilgan.

Ayi vaqtda, JSST rahbari Tedros Gebreyesusning fikricha, xalqaro safarlar va savdoni cheklash uchun asoslar yo‘q. “Interfaks”ning xabar berishicha, u epidemiyani to‘xtatish uchun Xitoy hukumati tomonidan ko‘rilayotgan choralarni yuqori baholagan.

“Ushbu koronavirus sog‘liqni saqlash tizimi kuchsiz bo‘lgan mamlakatda tarqalsa, qanday zarar yetkazishi mumkinligini bilmaymiz. Biz mamlakatlarning mana shunday ehtimoliy vaziyatlarga tayyor turishlariga yordam berish uchun hozirdan harakat qilishimiz kerak”, — dedi Gebreyesus.

30-yanvar holatiga ko‘ra, 2019-nCoV koronavirusi qo‘zg‘atgan pnevmoniya oqibatida Xitoyda 170 dan ortiq odam vafot etdi. Kasallik ilk bor 2019-yil oxirida Uxan shahrida aniqlangan edi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2020, 01:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют