» » Bo‘kada xonadondagi seyfdan 8,5 ming dollar o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi

Bo‘kada xonadondagi seyfdan 8,5 ming dollar o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi


Joriy yil 18-yanvarga o‘tar kechasi noma’lum shaxslar Toshkent viloyati, Bo‘ka tumani “Ravot” mahallasida yashovchi 61 yoshli R.V.ning uyiga kirib, yotoqxonadan ichida 8500 AQSh dollari bo‘lgan temir seyfni o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar bermoqda.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish jarayonida 1 dona erkaklar bosh kiyimi va 2 dona erkaklar kurtkasi ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Dastlabki tergov jarayonida bir guvoh o‘z ko‘rsatmasida hodisa joyida “VAZ-2106” rusumli avtomashina va uning davlat raqamini taxminiy aytib o‘tgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu avtomashinaning egasi Sirdaryo viloyatida yashovchi 22 yoshli U.S. ekanligi, 30 yoshli B.S. va 28 yoshli Sh.S. uning jinoiy sheriklari ekanligi ham aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bo‘ka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov jarayonida moddiy zarar to‘liq qoplangan.

Har bir shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan ayblov e’lon qilingan va qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2020, 22:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют