» » Yangiqo‘rg‘onda ichkilik ta’sirida qo‘shnisiga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Yangiqo‘rg‘onda ichkilik ta’sirida qo‘shnisiga og‘ir tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Joriy yilning 26-yanvar kuni soat 22:30 atrofida Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumani “Qayroqi” mahallasida yashovchi 29 yoshli D.A. spirtli ichimlik ta’sirida qo‘shnisi 28 yoshli U.A. bilan o‘zaro janjallashib qoladi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar bermoqda.

U qo‘lidagi yog‘och bo‘lagi bilan U.A.ning bosh qismiga urib, tan jarohati yetkazgan.

O‘tkazilgan sudga oid tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, U.A.ga og‘ir tan jarohatlari yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va D.A. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2020, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют