» » Rim papasi Misrdagi teraktlardan so‘ng tashrifini bekor qilmaydi

Rim papasi Misrdagi teraktlardan so‘ng tashrifini bekor qilmaydi


Rim papasi Fransisk Tanti va Aleksandriya cherkovlaridagi teraktlardan so‘ng oy oxiriga rejalashtirilgan Misrga tashrifini bekor qilmaydi. Bu haqda arxiyepiskop Anjelo Bechchu Corriere della Sera gazetasiga ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Yuz bergan hodisa tashvish va achinish hissini uyg‘otsa-da, Pontifik va’dasida turishiga shubha yo‘q va bu Rim papasining tinchlik missiyasiga xalaqit bera olmaydi”, — dedi kardinal.

Uning fikricha, teraktlar dinlararo muloqotga tahdid qiladi. Kardinal Fransisk avval ham xavfsiz bo‘lmagan hududlarga tashrif buyurganligini eslatib o‘tdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-04-2017, 12:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют