» » Toshkentda masjidlarda o‘g‘irlik qilishda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi

Toshkentda masjidlarda o‘g‘irlik qilishda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi


Joriy yil 19-yanvar kuni soat 15:30 da Shayxontohur tumanida 22 yoshli Islom A. masjidda 22 yoshli Sanjar N.ga tegishli bo‘lgan ustki kiyim cho‘ntagidan narxi 1 625 000 so‘m bo‘lgan mobil telefonni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘g‘irlikda gumonlanuvchi shaxs qo‘lga olindi. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

22-yanvar kuni soat 15:00 da noma’lum shaxs Olmazor tumanidagi masjidda 44 yoshli Munojiddin P.ga tegishli bo‘lgan ustki kiyimdan 800 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan.

Ko‘rilgan choralar davomida tashqi videokuzatuv kameralari yozuvi o‘rganilgach, ushbu o‘g‘irlikda gumonlanuvchi tariqasida 39 yoshli Bahodir T. qo‘lga olindi.

Mazkur fakt asosida Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish chorasi qo‘llanilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-02-2020, 23:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют