» » Qashqadaryo hokimi Shahrisabz tumanining chekka qishlog‘idagi to‘yda mehmon bo‘ldi

Qashqadaryo hokimi Shahrisabz tumanining chekka qishlog‘idagi to‘yda mehmon bo‘ldi


Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayev Shahrisabz tumanining Sarchashma qishlog‘ida to‘yda mehmon bo‘lib, kelin-kuyovlarga ro‘zg‘or buyumlarini sovg‘a qilgan. Bu haqda Qashqadaryo hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Zoir Mirzayev boshchiligidagi sektor rahbarlarining navbatdagi sayyor qabuli Shahrisabz tumanining Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh qismida joylashgan Sarchashma qishlog‘ida bo‘lib o‘tgan.

Qishloq ahli bilan o‘tkazilgan muloqotdan so‘ng, viloyat hokimi bildirilgan barcha murojaat va takliflar asosli ekanligini ta’kidlagan.

Aytilishicha, Sarchashma qishlog‘ida mavjud bo‘lgan bog‘cha va shifoxona ta’mirtalab ahvolda.

— Elektr energiyasi bilan bog‘liq masalalar shu kunning o‘zida hal etildi, — dedi viloyat hokimi. — Yo‘llarni, qishloqda yagona bo‘lgan bog‘cha va shifoxonani ta’mirlash, dehqonchilik qilish uchun ariqlar orqali reja asosida qishloqni suv bilan ta’minlash kabi masalalar joriy yilda bartaraf etiladi.

Viloyat hokimligi axborot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, Zoir Mirzayev qishloq ahlining shart-sharoitini o‘rganib, vaziyatni his qilish uchun qishloqda bir kun qolgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-02-2020, 15:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют