» » Yangiyo‘lda bosqinchilik sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxslar qo‘lga olindi

Yangiyo‘lda bosqinchilik sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxslar qo‘lga olindi


Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida bosqinchilik jinoyati sodir etilganlikda gumon qilinayotgan shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar qildi Ichki ichlar vazirligi matbuot xizmati.

Gumondorlar sifatida Rustam Asataliyev va uning do‘stlari — Suleyman Zeynalov, Abzal Saidov hamda G‘ofurjon Murzaxonovlar qo‘lga olingan.

Bosqinchilar Muhayyo Abdulxairovaning uyiga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, uy egasiga hujum uyushtirib, oyoq va qo‘llarini skotch bilan bog‘lab, og‘zini paypoq bilan berkitib, uning hayoti va sog‘ligi uchun xavfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatgan holda pul berishini talab qilgan.

Qonunbuzarlar uyda mavjud bo‘lgan Muhayyo Abdulxairovaga tegishli qimmatbaho taqinchoqlar, iPhone 5 va iPhone 5S rusumli telefon apparatlari, massaj uskunasi hamda seyfda saqlangan Muhayyo Abdulxairovaning turmush o‘rtog‘i Ravshan Abduladjonovga tegishli ikki dona ov miltiqlarini qo‘lga kiritib, jinoyat sodir etgan joyidan yashirinishgan.

Xabar berishlaricha, hozirda ushbu holat yuzasidan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-04-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют