» » Namanganlik yigit O‘rta Chirchiqda Matiz olib qochdi

Namanganlik yigit O‘rta Chirchiqda Matiz olib qochdi


10-fevral, dushanba kuni, 27 yoshli fuqaro A.A. O‘rta Chirchiq tumani IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda o‘ziga tegishli Matiz rusumli avtomashina noma’lum shaxs tomonidan olib qochib ketilganligini bildirgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

A.A.ning arizasiga asosan, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan viloyatida yashovchi 29 yoshli B.Ya. sodir etganligi aniqlanib, O‘rta Chirchiq tumani “Guliston” mahallasi hududidan o‘tgan Nurafshon—Toshkent avtomobil yo‘lining 11-kilometrida Matiz bilan birga qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘rta Chirchiq tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B.Ya.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va gumonlanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Mavzuga doir:

Jizzaxda Lacetti’ni olib qochgan 2 nafar yigit qo‘lga olindi

Olmaliqda 2 nafar o‘smir olib qochgan Damas ularni quvgan YPX avtomobiliga urildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-02-2020, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют