» » Rossiya va Eron tashqi ishlar vazirlari AQShni Suriyada xalqaro huquqlarni buzishda aybladi

Rossiya va Eron tashqi ishlar vazirlari AQShni Suriyada xalqaro huquqlarni buzishda aybladi


Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 10-aprel kuni Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarif bilan bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida AQShning raketali zarbasidan keyin Suriyadagi vaziyatni muhokama qildi, deb yozadi “Kommersant”.

“Har ikkala tomon suveren mustaqil davlatga qarshi bunday tajovuzkor xatti-harakatlar xalqaro huquq, avvalo, BMT Ustavining buzilishi hisoblanishi, mintaqaviy xavfsizlikka tahdid yaratishi, xalqaro terrorchilikka qarshi kurashga putur yetkazishini ta’kidladi”, — deyiladi Rossiya TIV xabarida.

Vazirlar Suriyaning Idlib provinsiyasida kimyoviy qurol qo‘llanilishi bilan bog‘liq hodisani puxta va xolisona tekshirishga chaqirdi. Bundan tashqari, Rossiya va Eron tashqi ishlar vazirlari ikki tomonlama va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha yaqin aloqalarni saqlab turishga kelishib oldi.

Опубликовано: admin (11-04-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 25) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют