» » Prezident “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi

Prezident “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi


Shavkat Mirziyoyev 6-aprel kuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2017-yil 18-martda qabul qilingan va Senat tomonidan 2017-yil 28-martda ma’qullangan “O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi to‘g‘risida”gi qonun (pdf)ni imzoladi, deya xabar bermoqda UzDaily.

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi sudyalar hamjamiyatining organi bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga ko‘maklashadi.

Kengash rais, rais o‘rinbosari, uning a’zolari va kotibidan — jami yigirma bir nafar kishidan iborat tarkibda sudyalar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari va huquq sohasidagi yuqori malakali mutaxassislar orasidan shakllantiriladi.

Kengash o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun:

sudyalik lavozimlariga nomzodlar zaxirasini shakllantiradi;

sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tanlov asosida tanlashni tashkil etadi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi, rais o‘rinbosarlari va sudyalari lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga takliflar kiritadi;

viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari hamda rais o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi lavozimlariga tavsiya etiladigan nomzodlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga taqdimnomalar kiritadi;

harbiy sudlarning, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman,shahar sudlarining raislari va sudyalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlaydi;

sudyalarni ularning vakolatlari muddati davrida harbiy sudlarning, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalari, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari va sudyalari lavozimlariga o‘z arizalariga asosan Sudyalar oliy malaka hay’atining tavsiyasiga ko‘ra qaytadan tayinlaydi;

qonunda nazarda tutilgan hollarda harbiy sudlarning, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari va sudyalarini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan holda lavozimidan ozod qiladi.

Опубликовано: admin (11-04-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 27) ( 0) ( 26) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют