» » O‘zbekistonda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimiga nomzod ma’qullandi

O‘zbekistonda mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimiga nomzod ma’qullandi


Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 18-fevral kuni o‘tkazilgan navbatdagi majlisida O‘zbekiston Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi.

“Xalq so‘zi”ning xabar berishicha, davlat rahbarining mazkur farmoni bilan O‘zbekiston Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etilmoqda. Mazkur farmon deputatlar tomonidan tasdiqlandi.

Shuningdek, deputatlar mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vaziri lavozimiga Rahmat Mamatov nomzodini ma’qulladi.

Rahmat Mamatov ayni paytda Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi raisining birinchi o‘rinbosari — “Mahalla” xayriya jamoat fondi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2020, 13:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют