» » Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aziz Ikromov yangi lavozimga tayinlandi

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aziz Ikromov yangi lavozimga tayinlandi


Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari Azizbek Ikromov yangi lavozimga tayinlandi, deb xabar bermoqda IIV matbuot xizmati.

Bugun, 19-fevral kuni, Vazirlar Mahkamasida o‘tkazilgan yig‘ilishda unga yangi tashkil etilgan Mahalla va oila masalalari vazirligiga vazir o‘rinbosari vazifasini bajarish yuklatildi.

Qayd etilishicha, u bir vaqtning o‘zida Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimidagi faoliyatini ham davom ettiradi.

Aziz Ikromov bungacha Mudofaa vaziri o‘rinbosari lavozimida ham faoliyat yuritgan. U 2019-yilning noyabr oyidan boshlab Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 18-fevral kuni o‘tkazilgan navbatdagi majlisida O‘zbekiston Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqilgandi.

Prezidentning mazkur farmoni bilan O‘zbekiston Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etilishi ma’qullangan, yangi tuzilma rahbari etib Rahmat Mamatov nomzodi ma’qullangandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2020, 16:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют