» » AQShda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 30 kishidan oshib ketdi

AQShda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 30 kishidan oshib ketdi


AQShda yangi turdagi koronavirus bilan kasallanganlar soni 35 kishiga yetdi. Bu haqda AQSh kasalliklar profilaktikasi va ularni nazorat qilish markazi xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, virusni yuqtirib olgan 12 kishi avvalroq xorijdan qaytib kelgan, yana ikki holatda virus bir odamdan boshqasiga o‘tgan. Bundan tashqari uch nafar amerikalik Uxandan vataniga qaytgan bo‘lsa, 18 fuqaro Yaponiyadagi Diamond Princess sayohat kemasidan evakuatsiya qilingan.

Mavzuga doir: “Daryo” oqshomi: Xitoy koronavirusi va 21-fevralning boshqa muhim xabarlari

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda o‘tgan bir sutka davomida COVID-19 koronavirusi oqibatida vafot etganlar soni 109 kishini tashkil etdi. Butun mamlakat bo‘ylab vafot etganlarning jami soni 2345 kishiga yetdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreyada ham COVID-19 koronavirusiga chalingan bemor vafot etgan. Eron hukumati vakillari mamlakatda ikki nafar odamning koronavirus oqibatida vafot etganini tasdiqlagan. Diamond Princess kemasidagi ikki kishi koronavirus oqibatida vafot etgani ma’lum qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2020, 10:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют