» » Qashqadaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Qashqadaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi


Dolli Allayev Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayevning yangi o‘rinbosar etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Dolli Allayev viloyat hokimining o‘rinbosari — mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Dolli Allayev bunga qadar Qashqadaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi farmoni asosida Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tashkil etildi. Avvalroq mazkur vazirlik rahbari Rahmat Mamatovning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullangan edi. Yangi vazirlik rahbariga birinchi o‘rinbosar etib tugatilgan Xotin-qizlar qo‘mitasining sobiq rahbari Elmira Bositxonova tayinlandi. Shuningdek, ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Aziz Ikromov, Davlat soliq qo‘mitasining sobiq raisi Botir Parpiyev, “Nuroniy” jamg‘armasi rahbari Sodiqjon Turdiyev vazir o‘rinbosarlari etib tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-02-2020, 12:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют