» » A Seriya. “Roma” yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Latsio” Genuyadan uch ochko bilan qaytdi

A Seriya. “Roma” yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Latsio” Genuyadan uch ochko bilan qaytdi


Italiya chempionatining 25-turida “Roma” 23-fevral, yakshanba kuni “Lechche”ga qarshi o‘yin o‘tkazib, yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Rimliklarning gollariga Jengiz O‘nder (13), Genrix Mxitaryan (37), Edin Jeko (69) va Aleksandar Kolarov (80) muallif bo‘ldi. Mazkur o‘yindan keyin “Roma” 42 ochko bilan 5-o‘ringa mustahkam o‘rnashdi.

Yana bir Rim klubi “Latsio” safarda “Jenoa” bilan o‘ynadi. Gollarga boy bo‘lgan bahsda poytaxt klubi g‘alabani qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alabadan keyin “Latsio” ochkolarini 59 taga yetkazib olgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda va peshqadam “Yuventus”dan bir ochko ortda.

A Seriya

25-tur bahslari

23-fevral, yakshanba

Gollar: 1:0 — 13 O‘nder, 2:0 — 37 Mxitaryan, 3:0 — 69 Jeko, 4:0 — 80 Kolarov.

Gollar: 0:1 — 2 Marushich, 0:2 — 51 Immobile, 1:2 — 57 Kassata, 1:3 — 71 Kataldi, 2:3 — 90, penalti Krishito.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-02-2020, 07:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют