» » Senatning ikkinchi yalpi majlisi boshlandi

Senatning ikkinchi yalpi majlisi boshlandi


Bugun, 28-fevral kuni, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining ikkinchi yalpi majlisi boshlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.

85 nafar senator ishtirok etayotgan yalpi majlisda ijtimoiy-iqtisodiy, sud-huquq sohalaridagi islohotlarni izchil davom ettirish, mahalla va oila institutini mustahkamlash, bolalar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan o‘ndan ziyod qonun hujjatlari hamda masalalar muhokama qilinishi ko‘zda tutilmoqda.

Bundan tashqari, majlisda senat a’zolari O‘zbekiston ichki ishlar vazirining 2019-yilda ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi faoliyati to‘g‘risidagi, O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining 2019-yilda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bo‘yicha faoliyati haqidagi axborotlarini eshitadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasiga avval yuborilgan parlament so‘rovlari natijalarini ham muhokama qilish rejalashtirilmoqda.

Senat rasmiy saytida qayd etilishicha, yalpi majlisni Oliy Majlis Senatining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri onlayn rejimda kuzatib borish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2020, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют